Evropa mintaqasida futbol bo‘yicha Yevro va JCh saralash bosqichi formati o‘zgardi

Evropa mintaqasida futbol bo‘yicha Yevro va JCh saralash bosqichi formati o‘zgardi

Evropa mintaqasida Yevro va Jahon Chempionati saralash bosqichi formati o‘zgardi.

UYEFA Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishida saralash bosqichining yangi formati qanday bo‘lishi ma’lum qilindi.

Saralash bosqichida 4 yoki 5 ta jamoadan iborat 12 ta guruh bo‘ladi. Mundial saralash bosqichida guruhlarda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri Jahon Chempionatiga yo‘llanma oladi. Guruhlarda ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar esa (Millatlar Ligasi orqali pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqanlar bilan birga) pley-off bosqichida ishtirok etadi.

O‘zgarishlar Yevro—2024 musobaqasidan keyin kuchga kiradi. Ya’ni, JCH—2026 saralashi shu formatda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon Chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etadi. Yevropa mintaqasi uchun 16 ta kvota ajratilgan.

Bunga qadar Yevropa mintaqasida JCh saralashlari har birida 5 yoki 6 ta jamoadan iborat 10 ta guruhda o‘tkazilardi. Unda guruhlarda birinchi o‘rin egalari to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qolgan yo‘llanmalar ikkinchi o‘rin egalari o‘rtasida o‘ynalardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!