Evropa mamlakatlari rekord darajadagi jazirama va o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekdi

Evropa mamlakatlari rekord darajadagi jazirama va o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekdi

Evropa davlatlari rekord darajadagi jazirama, qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlariga duch kelmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

"Evropa yozgi jazirama va qurg‘oqchilikka dosh berayapti, bu esa qit’ani quritib, o‘rmonlarni gugurtday quruq qoldirdi", - deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Fransiya mamlakat janubidagi ulkan o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish uchun butun Yevropa Ittifoqidan qutqaruvchilarni yordamga chaqirishga majbur bo‘lgan.

Avvalroq Belgiya 1885 yildan beri eng kuchli qurg‘oqchilikka duchor bo‘lgani, iyul oyida qirollikka oylik yog‘ingarchilikning 8 foizdan kamrog‘i tushgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!