Evropa Ligasi. «Arsenal» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. «Manchester Yunayted» va «Roma» esa safarda g‘alabaga erishdi

Evropa Ligasi. «Arsenal» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. «Manchester Yunayted» va «Roma» esa safarda g‘alabaga erishdi

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvlari 8 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Arsenal» o‘z maydonida «Slaviya»ni qabul qildi. Uchrashuvning asosiy qismida darvozalarga to‘p kiritilmadi. Faqatgina 86-daqiqaga kelib, Nikolas Pepe mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 90+4-daqiqada Tomash Golesh muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa London klubi o‘z maydonida kechgan bahsning so‘nggi pallasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

«Arsenal» — «Slaviya» o‘yinida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

«Manchester Yunayted» safarda «Granada»dan ustun keldi. 31-daqiqada Markus Reshford Viktor Lindelyofning zargarona uzatmasini golga aylantirdi. 90-daqiqada esa Brunu Fernandesh 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.

«Granada» — «Manchester Yunayted» o‘yinida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

«Roma» mehmonda «Ayaks»dan 2:1 hisobida ustun keldi. Rimliklarning gollariga Lorenso Pellegrini va Rojer Ibanes mualliflik qildi. «Ayaks» safida esa Devi Klassen o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

«Roma» — «Ayaks» o‘yinida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

Chorak finalning dastlabki o‘yinlaridan o‘rin olgan yana bir bahsda «Vilyarreal» «Dinamo Z»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

«Vilyarreal» —«Dinamo Z» o‘yinida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

Mazkur bosqichning javob o‘yinlari 15 aprel sanasiga belgilangan.

Evropa Ligasi

1/4 final, dastlabki bahslar

8 aprel, payshanba

«Arsenal» Angliya – «Slaviya» Chexiya 1:1

Gollar: 1:0 – 86 Pepe, 1:1 – 90+4 Golesh.

«Arsenal»: Leno, Soaresh, Belyerin, Holding, Gabriel, Smit-Rou (Sebalyos, 88), Jaka, Parti (en-Nenni, 78), Saka (Pepe, 78), Villian (Martinelli, 73), Lyakazett (Obameyang, 78).

«Slaviya»: Kolarj, Borjil, Ba, Golesh, Zima, Stanchu (Masopust, 84), Gromada (Shevchik, 46), Provod, Dorli (Lingr, 69), Olayinka (Traore, 85), Sima (Kuxta, 69).

Ogohlantirishlar: Zima (47).

«Granada» Ispaniya – «Manchester Yunayted» Angliya 0:2

Gollar: 0:1 – 31 Reshford, 0:2 – 90, penalti Brunu Fernandesh.

«Granada»: Ruy Silva, Valyexo, Neva (Fulke, 74), Duarte (Herman Sanches, 54), Dias, Montoro, Puertas, Gonalon (Eteki, 86), Errera, Kenedi (Machis, 75), Soldado (Suares, 87).

«Manchester Yunayted»: de Xea, Maguayr, Shou (Telles, 46), Uan-Bissaka, Lindelyof, Pogba (Matich, 74), Brunu Fernandesh, Maktomini, Jeyms, Grinvud (van de Bek, 85), Reshford (Kavani, 66).

Ogohlantirishlar: Pogba (8), Maktomini (40), Shou (42), Duarte (51), Maguayr (72), Matich (84), Eteki (89).

«Ayaks» Niderlandiya – «Roma» Italiya 1:2

Gollar: 1:0 – 39 Klassen, 1:1 – 57 Pellegrini, 1:2 – 87 Rojer.

«Ayaks»: Sxerpen, Talyafiko, Timber, Alvares, Rensx (Klayber, 78), Tadich, Gravenberx, Neres (Brobbey, 64), Klassen, Antoni (Idrissi, 88), Martines.

«Roma»: Lopes, Spinassola (Kalafyori, 29), Manchini, Rojer, Bruno Peres, Diavara, Kristante, Veretu (Vilyar, 77), Pellegrini, Pedro (Karles Peres, 89), Jeko (Mayoral, 77).

Ogohlantirishlar: Rensx (71), Bruno Peres (78), Martines (86), Kristante (90), Kalafyori (90).

«Dinamo Z» Xorvatiya – «Vilyarreal» Ispaniya 0:1

Gol: 0:1 – 44, penalti Xerard Moreno.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!