Yevropa komissiyasi Ursula fon der Lyayenning Ukraina yuz mingdan ortiq askarini yo‘qotgani haqidagi bayonotiga aniqlik kiritdi

 Yevropa komissiyasi Ursula fon der Lyayenning Ukraina yuz mingdan ortiq askarini yo‘qotgani haqidagi bayonotiga aniqlik kiritdi

Evrokomissiya Siyosiy aloqalar bo‘yicha direktori Dana Spinantning ta’kidlashicha, bu raqamlar yaradorlarni ham o‘z ichiga oladi.

"Ushbu videoning oldingi versiyasida raqamlarning noto‘g‘riligini aytganlarga tashakkur. Tashqi manbalardan olingan hisob-kitoblar yo‘qotishlarni, ya’ni o‘lganlarni ham, yaradorlarni ham nazarda tutishi va Rossiyaning shafqatsizligini ko‘rsatishi kerak", — deydi Dana Spinant.

100 ming kishi orasida nafaqat o‘lganlar, balki yaradorlar ham borligi haqida avvalroq AQSh Bosh shtab rahbari Mark Milli ham aytib o‘tgan edi.

Ukrainaning o‘zi hali yo‘qotishlari haqida ma’lumotni e’lon qilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!