Evropa Komissiyasi Ukrainaning 90 milliard yevrolik krediti uchun kafillarni ko‘rsata olmadi

Evropa Komissiyasi Ukrainaning 90 milliard yevrolik krediti uchun kafillarni ko‘rsata olmadi

Evropa Ittifoqida Ukrainaga ajratilgan 90 milliard yevrolik yirik kredit mablag‘larini kim va qanday tartibda qaytarishi borasida jiddiy shubhalar yuzaga keldi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi Yevropa Parlamenti deputati Fabio De Masining rasmiy so‘roviga javob qaytargandan so‘ng ma’lum bo‘ldi, deb xabar tarqatdi «Berliner Zeitung» gazetasi.

Taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, Yevropa Komissiyasi qarz subsidiyasining aniq miqdorini, hatto ushbu moliyaviy vosita YEIning 2027 yilgi byudjetida qanday qo‘llanilishini ham belgilab bera olmagan. Natijada, Ittifoqqa a’zo qaysi davlatlar mazkur kredit uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi va ularning ulushi qancha bo‘lishini tushunishning imkoni bo‘lmayapti. Deputat Fabio De Masining ta’kidlashicha, hatto Komissiyaning o‘zi ham a’zo mamlakatlar qancha mablag‘ to‘lashi kerakligini bilmaydi. Uning fikricha, bu kabi qarzlar korrupsiyalashgan oligarxlarning boyib ketishiga xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, u Germaniya hukumati va parlamenti oqibatlarni to‘g‘ri baholamasdan ushbu qarzni ma’qullashi mumkinligidan hayratda ekanini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, umumiy kredit miqdori ikki qismga bo‘lingan: 30 milliard yevro Ukrainaning ichki byudjet ehtiyojlari uchun, 60 milliard yevro esa harbiy xarajatlar va mudofaa ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun ajratilgan. Ushbu masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortgan Chexiya, Vengriya va Slovakiya mazkur moliyaviy majburiyatlardan to‘liq ozod qilingan.



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi