Evropa komissari Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishini Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi sharti deb atadi

Evropa komissari Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishini Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi sharti deb atadi

Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi sharti, islohotlar o‘tkazishdan tashqari, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishdir. Bu haqda Yevropaning kengayish va qo‘shnichilik siyosati bo‘yicha komissari Oliver Vargeyi ma’lum qildi.

“Hozir biz islohotlarni amalga oshirishimiz va masalan, ommaviy axborot vositalari bilan bog‘liq qadamlarni yakunlashimiz kerak, bizga aniq qadamlar va Belgraddan aniq signallar kerak”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Vargeyi qo‘shimcha qilishicha, Belgrad o‘z tashqi siyosatini Yevropa Ittifoqi bilan muvofiqlashtirishi va ittifoqqa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni amalga oshirishda yordam berishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!