Evropa Ittifoqi Ukrainaga yana 5 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ajratadi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga yana 5 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ajratadi

Evropa Ittifoqi kengashi Ukrainaga 5 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ko‘rsatishga qaror qildi.

Evropa Komissiyasi 2022 yil 18 mayda e’lon qilingan 9 milliard yevrolik paketning ikkinchi qismi sifatida Ukrainaga yana 5 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam taklif qildi.

Qayd etilishicha, taklif Ukrainaga Rossiya bilan mojaro munosabati bilan o‘sib borayotgan moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga yordam berishga qaratilgan.

7 sentyabr kuni Yevrokomissiya Ukrainaga 5 milliard yevro miqdorida qo‘shimcha yordam taklif qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!