Evropa Ittifoqi yetakchilari Ukrainaning kelajagi YEIda ekanini aytishdi

Evropa Ittifoqi yetakchilari Ukrainaning kelajagi YEIda ekanini aytishdi

Evropa Ittifoqi yetakchilari Kiyevda Ukrainaning kelajagi YEIda ekanini aytishdi.

Evropa Ittifoqining ushbu 24-sammiti Yevropa yetakchilarining urush holatidagi mamlakatdagi birinchi uchrashuvidir. Kuzatuvchilarga ko‘ra, uning ramziy ahamiyatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi.

Evropa kengashi rahbari Sharl Mishel, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen va 15 nafar Yevropa komissari Vladimir Zelenskiy va uning jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazish uchun Kiyevga yetib keldi.

Sammitning asosiy mavzusi Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istiqbollari bo‘ldi.

Odatda yillar davom etadi. Ammo Ukraina rekord vaqt ichida nomzod maqomiga erisha oldi va uning rasmiylari YEI tomonidan qo‘yilgan shartlarning amalga oshirilishi mamlakatni jarayonning keyingi bosqichi – muzokaralarga yaqinlashtirishiga umid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!