Evropa Ittifoqi Armanistonni YEIga integrasiya masalasida «albatta aldaydi» — Lavrov

Evropa Ittifoqi Armanistonni YEIga integrasiya masalasida «albatta aldaydi» — Lavrov

Armaniston hukumati Yevropa Ittifoqi tomonidan yevrointegrasiya masalasida, ehtimol, aldanishi mumkin, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xalqaro yoshlar festivalida.

«Aldashlari mumkin va, menimcha, albatta aldashadi, deb o‘ylayman. Men Armaniston qanday qilib Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi mumkinligini tushunmayapman. Axir, masalan, Turkiya va Serbiya u yerda bir necha o‘n yillardan beri navbat kutib turibdi», — dedi Lavrov.

Rossiya TIV rahbari Moskva Armanistonning hamkorlarini va taraqqiyot yo‘nalishini tanlashiga to‘sqinlik qilmoqchi emasligini bildirdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida Armanistonga taqdim etayotgan imtiyozlar hisobidan mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga tayyorgarligini «moliyalashtirish»ni istamaydi.

Avgust oyi oxirida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirish jarayoni boshlanganini e’lon qilgan edi. U Armanistonning bir vaqtning o‘zida YEI va YEOIIga a’zo bo‘lishi mumkin emasligini tan olgan, biroq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!