Evropa ittifoqi 2022 yil oxirigacha Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi kerak - Vengriya bosh vaziri

Evropa ittifoqi 2022 yil oxirigacha Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi kerak - Vengriya bosh vaziri

Evropa ittifoqi 2022 yil oxirigacha Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi kerak, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban. Bu haqda Bloomberg agentligi Vengriyaning Magyar Nemzet gazetasiga tayanib xabar berdi.

Orbanning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Yevropa iqtisodiyotiga Rossiyanikidan ko‘ra ko‘proq zarar keltirdi. Ularning bekor qilinishi resessiya xavfini kamaytiradi va inflyasiyaga ta’sir qiladi.

Avvalroq agentlik Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini yengish uchun deyarli 500 mlrd yevro sarflagani haqida yozgandi. Yil oxiriga kelib esa bu ko‘rsatkich 1 trln yevroga yetishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!