Evropa cherkovlari nega o‘t ichida qolyapti?

Evropa cherkovlari nega o‘t ichida qolyapti?

Yaqinda polisiya 39 yoshli ruandalik muhojirni hibsga oldi. U Fransiyaning Nanti shahridagi avliyo Pyotr va Pavel ibodatxonalarida ishlardi. Volontyor cherkovga o‘t qo‘yganini tan oldi.

Nantidagi fojia butun Yevropa uchun dolzarb bo‘lgan muammoga e’tiborni jalb etdi. Faqatgina keyingi 15 yilda Fransiyada 30 ta ibodatxonaning kuli ko‘kka sovrildi. Boshqa mamlakatlarda bu raqam yuzga yetadi.

Nasroniylar ibodatxonalariga nima bo‘lyapti, nega butun Yevropa bo‘ylab ular birin-ketin yonib ketyapti?

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, faqatgina Fransiyada 2018 yil yanvaridan 2019 yil apreligacha ibodatxonalarda (jumladan, Parijdagi Bibi Maryam soborida) yigirmaga yaqin yirik yong‘inlar ro‘y bergan.

Sababi shundaki, Yevropada yildan-yilga dinga e’tiqod qiluvchilar soni kamayib bormoqda.

Zero, Buyuk Britaniya hozirda atigi 40%, Fransiyada 34%, Shvesiyada esa 23 % aholi o‘zini dinga e’tiqod qo‘ygan, deb hisoblaydi.

Cherkovlar esa keragidan ortiq bo‘sh - huvillab yotibdi.

T.MUROD tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!