Evroittifoq Rossiya banklaridan birini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarmoqchi

Evroittifoq Rossiya banklaridan birini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarmoqchi

Evroittifoq Rossiyaning "Rosselxozbank" bankidan sanksiyalarni olib tashlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yevropa Kengashining rasmiy vakili Peter Stano ma’lum qildi.

"Biz Rossiyaning "Rosselxozbank"ning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, shuningdek, uning SWIFT tizimidan uzilgandan keyingi qiyinchiliklar bo‘yicha da’volarini inobatga oldik", — degan u.

Stanoning qo‘shimcha qilishicha, bank orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, ammo tranzaksiyalar oldingiga nisbatan qimmat va sekin ketmoqda. Yevrokengash rasmiy vakili ko‘plab rus banklari SWIFT tizimidan uzilmaganini, oziq-ovqat va o‘g‘it bo‘yicha kelishuvlar sanksiyalardan tashqarida ekanini ta’kidlagan.

Noyabr o‘rtasida Rossiya TIV BMT bilan "Rosselxozbank"ni SWIFT tizimiga qaytarish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi. Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh ham bu masalada yon berishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!