Evroittifoq AQShni JSST bilan munosabatlarini yaxshilashga chaqirdi

Evroittifoq AQShni JSST bilan munosabatlarini yaxshilashga chaqirdi

Evropa Ittifoqi AQSh prezidenti Donald Trampni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan munosabatlarini yangidan boshlashga chaqirdi, deyiladi “Reuters” xabarida.

“Global tahdid oldida jipslashishimiz va hamfikrlikda qarorlar qabul qilishimiz muhim ahamiyatga ega… Biz AQShni JSST bilan munosabatlari yuzasidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqiramiz” deyiladi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen​ va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning qo‘shma bayonotida.

Shuningdek, bayonotda JSSTni koronavirus pandemiyasiga qarshi muvaffaqiyatli choralar ko‘rishida barcha mamlakatlarning ishtiroki va ularni qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!