Evro-2020 chempionatining 16 ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi

Evro-2020 chempionatining 16 ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi

16 noyabr oqshomida o‘tkazilgan o‘yinlardan keyin yana 4 ta terma jamoa 2020 yilgi Yevropa chempionatiga yo‘llanmani hal qildi.

Bungacha Yevro-2020 turniridagi ishtirokini Rossiya, Belgiya, Italiya, Polsha, Ispaniya, Ukraina, Turkiya, Fransiya, Angliya, Chexiya, Shvesiya va Finlyandiya terma jamoalari kafolatlab qo‘yishgandi. Endi bu terma jamoalar qatoriga Avstriya, Germaniya, Niderlandiya va Xorvatiya terma jamoalari ham qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Yevropa chempionati UYEFA tarkibidagi milliy assosiasiyalarning 12 ta shahridagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Turnirda 24 terma jamoa qatnashadi, bu terma jamoalar 4 tadan 6 guruhni tashkil qilishadi. Yevro-2020 uchun qur’a tashlash marosimi 2019 yilning 30 noyabrida Buxarestda o‘tkaziladi.

Final uchrashuvi 12 iyul kuni Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkazilishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!