“Evrilish” filmi xalqaro kinofestivalda g‘olib deb topildi

“Evrilish” filmi xalqaro kinofestivalda g‘olib deb topildi

Yolqin To‘ychiyevning “Evrilish” filmi Janubiy Koreyaning Pusan shahrida joriy yilda yigirma yettinchi bor o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalning “Kim Jiseok Award” nominasiyasi g‘olibi deb topildi.

Filmda o‘zbekistonlik qahramon taqdiri, ruhiy kechinmalari, uning sovet davrida harbiylar safida xizmat qilgani va urushga borgani haqida hikoya qilinadi.

Urush uning va atrofidagi insonlarning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Ko‘p yillar o‘tib, hayot mashaqqatlarni boshidan kechirgan qahramon tinchlik o‘rnatilgandan so‘ng O‘zbekistonga – o‘z vataniga qaytadi.

Film voqealari O‘zbekiston, Afg‘oniston, Misr va Buyuk Britaniyada suratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Osiyodagi yirik kinofestival hisoblangan “Busan International Film Festival” Janubiy Koreyaning Pusan shahrida 1996 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!