ETTB va XMK O‘zbekistondagi TiBiCi Bank aksiyalariga ega bo‘lmoqda

ETTB va XMK O‘zbekistondagi TiBiCi Bank aksiyalariga ega bo‘lmoqda

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) va Xalqaro moliya korporasiyasi (XMK) Londondagi fond birjacida ro‘yxatdan o‘tgan hamda Gruziyadagi eng yirik moliyaviy tashkilot hisoblangan “TBC Bank Group”ning “TBC Bank Uzbekistan”ga tegishli aksiyalariga ega bo‘lgan holda O‘zbekistonning bank sektoridagi xususiy sektor ishtirokiga jalb qilinmoqda. Mazkur investisiyalar O‘zbekistonda raqamli moliyalashtirishni mustahkamlash va shu bilan birga mamlakatda moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasini ko‘tarishga qaratilgan.

Ikki moliyaviy investorlar, ya’ni YETTB va XMK har biri TBC UZning 20 foizgacha bo‘lgan ulushiga ega bo‘lishni rejalashtirgan. Ushbu kiritilayotgan investisiyalar bozorning xususiy sektorida faoliyat yuritib kelayotgan yangi ishtirokchi operasion faoliyatining davomiy o‘sishiga yordam beradi va mazkur sektorda korporativ boshqaruvning xalqaro standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Investorlarning har biri uchun badal miqdori 9.4 million AQSh dollarni tashkil etadi, bunda asosiy maqsad 2022-2024 yillar mobaynida uning kelajakdagi kapitaliga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdir.

TBC UZ O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank bo‘lib, u 2020 yil oktyabr oyidan boshlab o‘z faoliyatini yurita boshlagan va shu vaqtdan boshlab jadal suratlarda rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunda u 7 ta yangi avlod filliallari yordamida, shuningdek, O‘zbekistonning 12 ta shaharlarida ochilgan 34 ta mijozlarni qo‘llab-quvvatlovchi shahobchalari orqali o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. TBC UZ innovasion moliyaviy mahsulotlarini taqdim etgan holda, 630,000 dan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy foydalanuvchilariga birinchi darajali bank xizmatlarini taqdim etib kelyapti. Yaqin kelajakda kichik biznes segmentini kengaytirish ham rejalashtirmoqda.

“Yigirma yillik muddat ichida bizni ikkilanmay qo‘llab kelgan XMK va YETTB bilan biz uzoq muddat davomida muvaffaqiyatli hamkorlikga ega bo‘lganmiz. Men ushbu faoliyatimizning keyingi hayajonli bosqichini biz bilan boshlagani uchun YETTB hamda XMKga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Mazkur qo‘shma kelishuv O‘zbekistondagi faoliyatimizni kengaytirishda yana bir muhim bosqichni belgilab beradi, shu bilan birga mamlakatdagi o‘sish darajasini tezlashtiradi hamda O‘zbekiston aholisiga innovasion va ommabop mahsulotlar turini taklif etadi. TBC UZ o‘zining innovasion moliyaviy hamda texnologik “Space” platformasi asosida katta muvaffaqiyat bilan faoliyat ko‘rsatib, mobil ilovasi yordamida bank yechimlarini taklif etadi." - deya ta’kidladi TiBiCi Bankning Bosh direktori Vahtang Buskhrikidze

XMKning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Vibke Shlemer shunday dedi: "Biz TBC Bank Group bilan hamkorligimizni yanada rivojlantirishda davom ettirmoqchimiz. XMK TBCning O‘zbekiston bo‘ylab innovasion va texnologik yechimlarga asoslangan bank xizmatlarini kengaytirishdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu kiritayotgan investisiyamiz O‘zbekiston bank sektorida xususiy sektor ishtirokining ulushini ko‘paytiradi va bozorning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashish strategiyamizga mos keladi”.

Alkis Drakinos, YETTBning O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari quyidagilarni ta’kidladi: "2017 yildan YETTBning mamlakat bilan hamkorligi yangilanganidan buyon O‘zbekistondagi bank sektoriga birinchi marta aksionerlik kapitaliga sarmoya kiritmoqda. TBC bizning uzoq yillar davomida biz bilan ishlab kelgan ishonchli hamkorimizdir. Biz mahalliy bank sektorida xususiy kapital ulushini oshirib, O‘zbekistonda uning kengayishini qo‘llabquvvatlashdan juda mamnunmiz. Biz raqobatni qo‘llaymiz va bu hammaga foyda keltiradi deb umid qilamiz”.

TBC haqida

TBC Bank Group - bu London fond birjasida ro‘yxatga olingan mas’uliyati cheklangan jamiyatdir – TBC Bank xolding kompaniyasi va Gruziyada asosan moliyaviy sektor va boshqa yaqin sohalarda faoliyat yuritadigan kompaniyalar guruhidir.TBC o‘z sho‘’ba korxonalari bilan birgalikda Gruziyadagi yetakchi universal bank guruhi bo‘lib, umumiy bozor ulushi mijozlar kreditlarining 38,1 foizini va mijozlar depozitlarining 37,8 foizini tashkil etadi. Odamlarning hayotini yengillashtirish vazifasi bo‘lgan texnologiyaga asoslangan kompaniya sifatida TBC chakana, korporativ va mikro, kichik va o‘rta korxonalardan (MSME) iborat bo‘lgan barcha asosiy biznes yo‘nalishlarida ustun o‘rinlarni egallaydi. Kompaniyaning moliyaviy xizmatlari an’anaviy bank takliflarini, shuningdek, sanoatning zamonaviy yechimlarini o‘z ichiga oladi. 2020 yilda TBC PLC O‘zbekistondagi faoliyatini o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatuvchi innovasion moliyaviy va texnologik “Space ”platformasi orqali kengaytirdi va mobil ilovasi orqali bank yechimlarini taklif qildi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

https://www.tbcbankgroup.com https://www.tbcbank.ge/web/en

Facebook: @tbcbankuz (https://www.facebook.com/tbcbankuz)

Instagram: @tbcbankuzbekistan (http://instagram.com/tbcbankuzbekistan)

Telegram: @tbc_bank_uzb (https://t.me/tbc_bank_uzb)

Web: tbcbank.uz (https://tbcbank.uz/ru/)

Call center: 24/7: +998 (78) 777-27-27

XMK haqida

XMK - Jahon banki guruhining a’zosi - rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorga yo‘naltirilgan eng yirik global rivojlanish instituti hisoblanadi. Biz rivojlanayotgan mamlakatlarda imkoniyatlar yaratish uchun kapitalimiz, tajribamiz va ta’sirimizdan foydalanib, 100 dan ortiq mamlakatlarda o‘z faoliyatimizni olib boramiz. 2021 moliyaviy yilda XMK rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy kompaniyalar va moliya institutlariga rekord darajadagi 31,5 milliard dollar ajratdi, iqtisodiyot KOVID-19 pandemiyasi ta’siri ostida bo‘lganligi sababli, qashshoqlikni tugatish maqsadida xususiy sektordan foydalanib, umumiy farovonlikni oshirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun www.ifc.org saytiga tashrif buyuring.

Aloqada bo‘ling:

www.facebook.com/IFCwbg www.twitter.com/IFC_org www.youtube.com/IFCvideocasts www.ifc.org/SocialMediaIndex www.instagram.com\ifc_org

ETTB haqida

ETTB - uchta qit’aning 38 ta davlatda xususiy sektor va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi bank. Bank 69 mamlakatga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va YEIBga tegishli. YETTB sarmoyalari o‘z mintaqalarida iqtisodiyotni raqobatbardosh, inklyuziv, yaxshi boshqariladigan, barqaror va birlashtirshga qaratilgan. Bugungi kunga qadar YETTB O‘zbekistondagi 101 ta loyihaga deyarli 2,6 milliard Yevro sarmoya kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!