Etim bolasini deb turmush qurmagan beva ayol...

Etim bolasini deb turmush qurmagan beva ayol...

Avf ibn Molikdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Men bilan eridan beva qolib, yuzi sarg‘aygan, bolasiga sabr qilgan ayol jannatda mana bundaymiz», deb (barmoqlarini birlashtirib) ko‘rsatdilar».

Demak, bu hadisda o‘z rohatini ko‘zlab, yetim bolalarni xor-zor qilib tashlab ketadigan ayollarning yaxshi ish qilmasliklari, balki sabr qilib, beva bo‘lsa ham, farzandlariga yaxshi tarbiya bergan ayollarga katta savob, ulug‘ martaba va fazl borligi zikr qilinmoqda.

Albatta, bu eridan ajragan ayol turmush qilmasligi kerak, bolasi bilan qolgan bo‘lsa, dunyodan shunday o‘tib ketishi kerak, degani emas. Bu yerda o‘sha bolaning ahvoliga qaraladi. Agar turmush qursa, bola nochor qolib, tarbiyasi buzilib, xor-zor bo‘lishi xavfi bo‘lsa, ayol kishi o‘zini qurbon qilib bo‘lsa ham, bolaning tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lib, erga tegmasligi kerak.

Agar turmush qursa, farzandlarining xor-zor bo‘lmasligidan, tarbiyasi buzilmasligidan ko‘ngli to‘q bo‘lsa, albatta erga tegib, bolalarini tarbiya qilishi afzal bo‘ladi.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!