Estoniyaning Rossiya Federasiyasidagi elchisi qarorgohini tark etdi

Estoniyaning Rossiya Federasiyasidagi elchisi qarorgohini tark etdi

Estoniyaning Rossiyadagi elchisi Margus Laydre seshanba kuni ertalab o‘z qarorgohini tark etdi, deb yozadi Rossiya davlat idoralari. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalar darajasi vaqtincha ishonchli vakil darajasiga tushirilganini anglatadi.

Ushbu diplomatik mojaro joriy yil yanvar oyining birinchi yarmida boshlangan. 11 yanvarda Estoniya Moskvadan Rossiya elchixonasi xodimlari sonini qisqartirishni talab qildi. Estoniya Tashqi ishlar vazirligi shu tariqa Estoniyaning Moskvadagi elchixonasi xodimlari soni bilan tenglik ta’minlanishini ta’kidladi.

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri Estoniya Moskva bilan ikki tomonlama munosabatlarni minimal darajaga tushirdi, Narva va Tartudagi Rossiya konsulliklarini yopdi va uch rus diplomatini qo‘poruvchilik aybi bilan chiqarib yubordi. Rossiya ham ayni shaklda javob berdi.

Latviyaning ham Rossiya bilan munosabatlari chigal fazaga kirgan. Rossiya Federasiyasining ushbu mamlakatdagi elchisiga 24 fevralgacha mamlakatni tark etish buyurilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!