Estoniya Rossiya bilan chegaraga yuzlab qo‘shinlarini joylashtirish niyatida
Estoniya rasmiylari Rossiya chegarasi yaqinidagi Narva shahrida birinchi harbiy bazani qurish niyatida, u yerda Estoniya Mudofaa Kuchlarining taxminan 200 kishilik bo‘linmasi joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda Estoniya Mudofaa Investisiya Markazining loyiha portfeli menejeri Ando Voogma YERR axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Ish yil oxirida boshlanadi va 2028 yil yozida yakunlanadi. Birinchi bosqichda 150 askarni joylashtirish ko‘zda tutilgan", deb ta’kidladi u.
Mudofaa Kuchlari Bosh shtabining ma’lumotlariga ko‘ra, 1-piyoda brigadasining bo‘linmasi Narva shahrida joylashtirilishi rejalashtirilgan. Harbiy baza 1000 kishiga mo‘ljallangan, ammo u yerda taxminan 200 askar doimiy ravishda xizmat qiladi.
