Eski namunadagi «prava»ni yangisiga almashtirish muddati eslatildi

Eski namunadagi «prava»ni yangisiga almashtirish muddati eslatildi

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati eski namunadagi guvohnomalarni yangi namunaga almashtirish muddatlari to‘g‘risida eslatma bilan chiqdi.

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Ma’lum qilingan raqamlarga ko‘ra, hozirgi kunda respublikada 2 milliondan ortiq haydovchilik guvohnomalari, 557 mingdan ortiq avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalari hali ham yangi namunadagisiga almashtirmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!