Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma bering

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma bering

✅ 2023 yil 30 yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomanisini uydan turib YAIDXP orqali olish mumkin.

📝 Buning uchun my.gov.uz orqali buyurtma berilib, unda:

🔸bo‘sh qatorlar o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi;
🔸tegishli bandlar tanlanadi;
🔸yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko‘rsatiladi;
🔸mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yiladi;

❕So‘ngi qadamda invoys shakllanib, BHMning 70 foizi (210 ming so‘m) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming so‘m to‘lov qilinadi.

📁Markaz xodimi buyurtmani ko‘rib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.

🗓 Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil bo‘yicha yetkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.

📌 Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni DXMga topshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!