Ertaga Hayit! Toshkentning qaysi hududlarida transport harakati to‘xtatilishi ma’lum bo‘ldi

Ertaga Hayit! Toshkentning qaysi hududlarida transport harakati to‘xtatilishi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahar IIBBning yozishicha, Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtda vaqtincha, 12 may soat 24.00 dan 13 may 7.00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi:

Olmazor tumani:

1) “Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy ko‘chasi – Farobiy – Chimboy ko‘chalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha.

2) "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha

📍Shayxontoxur tumani:

“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon – Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasidan Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

1) “Ubay ibn Ka’b” Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha.

2) "Katta Qozirabod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari  chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha.

3) “Shayx” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

Uchtepa tumani:

1) “Abdullox ibn ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani ko‘chalari chorrahasigacha.

2) “Hazrati umar” masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi – Nazarbek – YU.Sakkokiy ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg‘ur chorraxasigacha.

Yunusobod tumani:

1) “Minor” masjidi oldidagi  KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –SH.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.

2) “Mirzo Yusup” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – A.Temur – Bog‘ishamol ko‘chasidan Bog‘ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.

Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Mag‘zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Cho‘lponota chorrahasigacha. 

Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

“Qo‘liq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY  va Munis chorrahasigacha.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!