Ertaga Fransiyada pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkaziladi

Ertaga Fransiyada pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkaziladi

31 yanvar kuni Fransiya bo‘ylab pensiya islohotiga qarshi 200 dan ortiq namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “BFM” telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, kasaba uyushmalari respublika aholisini islohotga qarshi norozilik sifatida namoyishlarga chiqish va ish tashlashlar tashkil etishga chaqirishda davom etadi.

Fransiya Bosh vaziri Elizabet Born “France Info” radiostansiyasiga suhbatda 2030 yilgacha pensiya yoshini 62 dan 64 yoshgacha oshirish masalasida yon berish niyati yo‘qligini aytdi.

Hukumatning 10 yanvarda kiritgan islohot taklifiga ko‘ra, pensiya yoshini oshirish bilan birga, 43 yildan kam ishlamaganlar uchun eng to‘liq nafaqa miqdorini 1,2 ming yevrogacha oshirilishini nazarda tutadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!