Ertadan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari yopiladi

Ertadan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari yopiladi

Samarqand shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holatlari ko‘plab kuzatilmoqda.

Infeksiyani yuqtirib olish ko‘rsatkichi keyingi kunlarda bir necha barobar oshib borayotganligi bois  shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra,  shahardagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etildi.

Shu sababli o‘quvchilarga erta, 27 apreldan boshlab onlayn ta’lim berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Eslatib o‘tamiz, muassasalarga kirib-chiquvchilar orasida karantin davrida koronavirusni yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa ta’lim berish tizimi an’anaviy yo‘lga qo‘yiladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!