Eronga qarshi hujumlar qayta boshlanganidan beri taxminan 100 nafar AQSh askari jarohat oldi

Eronga qarshi hujumlar qayta boshlanganidan beri taxminan 100 nafar AQSh askari jarohat oldi

So‘nggi ikki hafta ichida AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyalari davomida taxminan 100 nafar amerikalik harbiy xizmatchi turli darajadagi jarohatlar oldi.

Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Shon Parnell ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

"2026 yil 7 iyuldan beri qariyb 100 nafar harbiy xizmatchi turli darajadagi jarohatlar olgan bo‘lsa-da, ularning 96 foizi xizmatga qaytdi. Ular jangga qaytishga qat’iy qaror qilishdi", deb yozgan u.

Parnell "olingan jarohatlarning aksariyati yengil miya chayqalishi" ekanligini ta’kidladi.

Avvalroq, Yaqin Sharqdagi AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) 17 iyul kuni Iordaniyada Eronning raketa va dron hujumlarini qaytarish paytida ikki amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani va yana biri bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edi.

AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi operasiya boshladilar. Iyun oyida Vashington va Tehron barcha jabhalarda, jumladan, Livanda ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqiruvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Biroq, 8 iyul kechasi AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni qayta boshladi va uni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuv shartlarini buzganlikda aybladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишла