Eron SHHTga 2023 yilda to‘liq a’zo bo‘lishi mumkin

Eron SHHTga 2023 yilda to‘liq a’zo bo‘lishi mumkin

Eron tomoni bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum loyihasi kelishib olindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Memorandum Samarqand sammiti doirasida imzolanishi rejalashtirilgan. U Eronga SHHTga a’zo davlat maqomini taqdim etish masalasini hal qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

“Ya’ni, Eron tomoni 2023 yilgi sammitda, agar u barcha majburiyatlarini bajarsa, tashkilotga to‘liq a’zo sifatida qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, - dedi Norov.

Vazir Eronning SHHTga qabul qilinishi to‘g‘risidagi bitim tashkilotning ochiqlik tamoyilini va unga a’zo davlatlarning amalda unga amal qilish bo‘yicha qat’iy intilishlarini tasdiqlashini qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, Eronning tashkilotga qo‘shilishi SHHTning "geografik javobgarlik" hududini kengaytiradi va o‘zaro bog‘liqlik sohasidagi mintaqalararo tashabbuslarni rivojlantirishning yangi istiqbollarini ochadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!