Eron Saudiya Arabistonida joylashgan AQSh harbiy bazasi tomon ballistik raketa uchirdi
Bu haqda amerikalik rasmiyga tayanib Axios jurnalisti Barak Ravid xabar berdi.
Uning yozishicha, bu Eronning qariyb to‘rt oy ichida Saudiya Arabistoniga bergan ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbasi hisoblanadi. Hozircha raketa qayerga tushgani, u urib tushirilgani yoki hujum oqibatida zarar yetgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Reuters agentligiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni mudofaa kuchlari mamlakatning kamida ikki hududida havo xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilgan. Biroq Saudiya rasmiylari hozircha qurbonlar yoki vayronagarchiliklar haqida xabar bermagan.
Shuningdek, bugun Eron AQSh harbiy bazalari joylashgan Kuvayt, Bahrayn, Qatar va Iordaniyaga ham hujumlar amalga oshirgani ma’lum qilindi.
