Eron Rossiyaga avtomobil eksport qilmoqchi

Eron Rossiyaga avtomobil eksport qilmoqchi

Eron ehtiyot qismlar assosiasiyasi direktorlar kengashi raisi Najafi Maneshning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Eron tomoni Rossiyaga “Tara” va “Shahin” nomli ikkita avtomobil modelini eksport qilishi mumkin.

Rossiya Federasiyasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Albert Karimovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Eron avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiya avtomobil bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda va vazirlik, o‘z navbatida, hamkorlikka tayyor.

“Bular Moskva ko‘rgazmasida namoyish etilgan “Tara” va “Shahin” avtomobillari”, – dedi Manesh. U Moskva bilan og‘ir transport vositalari sohasida ham hamkorlik qilish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.

Manesh ta’kidlaganidek, Eron avtomobillari ob-havo sharoiti bilan bog‘liq maxsus sinovlardan o‘tmoqda. Shu bois, Eronda ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiya hududida 25 darajagacha bo‘lgan past haroratga bardosh bera oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!