Eron prezidenti Hizbulloh yetakchisining o‘limiga izoh berdi

Eron prezidenti Hizbulloh yetakchisining o‘limiga izoh berdi

Eron prezidenti Masud Pezeshkian «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘limiga izoh berdi . Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda .

«Bunday jinoyat yana bir bor bu [Isroil] jinoiy tuzumi hech qanday xalqaro me’yor va tuzumlarga amal qilmasligini isbotladi», deb ta’kidladi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning Falastinning XAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga javob bermasligi evaziga o‘t ochishni to‘xtatishga va’da bergan AQSh va Yevropa davlatlari rahbarlarining bayonotlari ham «mutlaqo yolg‘on edi. ». «Bunday jinoyatchilarga imkoniyat berish ularni yanada ko‘proq jinoyat sodir etishga undaydi», dedi Pezeshkian.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!