Eron prezidenti Bayden bilan BMT Bosh Assambleyasi doirasida uchrashish imkoniyati haqida gapirdi

Eron prezidenti Bayden bilan BMT Bosh Assambleyasi doirasida uchrashish imkoniyati haqida gapirdi

Eron prezidenti Ibrohim Raisi CBC telekanaliga bergan intervyusida BMT Bosh Assambleyasi sessiyasining yuqori darajadagi haftaligi doirasida AQSh yetakchisi Jo Bayden bilan uchrashishni maqsadga muvofiq emasligini aytdi.

Raisi bunday uchrashuv ehtimolini dargumon deb atadi.

“U bilan uchrashish yoki suhbatlashish o‘rinli bo‘lmaydi, deb o‘ylayman”, — deya Eron rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Raisi, Baydenning Eronga nisbatan AQShning sobiq yetakchisi Donald Tramp kabi siyosat yuritayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!