Eron Isroilning Isfahon hujumiga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarni da’vo qilmoqda

Eron Isroilning Isfahon hujumiga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarni da’vo qilmoqda

Eron Mudofaa vazirligining Isfahondagi ob’ektiga qilingan hujum bo‘yicha dastlabki tergov voqea uchun mas’ul Isroil ekanini ko‘rsatdi. Bu haqda Islom Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Amid Said Iravani ma’lum qildi, deya xabar beradi Rossiya OAVlari ISNA agentligiga tayanib.

Iravani tashkilot bosh kotibi Antonio Guterrishga yo‘llagan maktubida hujum uchun mas’ul “sionist rejim” ekanini aytdi.

Uning qayd etishicha, Isroil o‘z harakatlari bilan xalqaro huquqni buzgan.

Diplomat BMTni “sionistik hukumatning jangari bayonotlarini qoralashga, ularni xalqaro qonunlarga rioya qilishga majburlashga va “mintaqadagi buzg‘unchi faoliyatini” to‘xtatishga chaqirdi.

Iravoniyning maktubida Eron o‘z xavfsizligini himoya qilish va “sionistik rejim” tomonidan istalgan joyda va istalgan vaqtda har qanday tahdidga javob berishga haqli ekanligi ta’kidlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!