Eron Iordaniyadagi AQSh Harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari angarlariga zarba berdi

Eron Iordaniyadagi AQSh Harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari angarlariga zarba berdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Iordaniyadagi AQSh havo kuchlarining F-35, F-16 va F-15 qiruvchi samolyotlari uchun texnik xizmat ko‘rsatish, o‘qitish va joylashtirish angarlariga, shuningdek, boshpanalarga zarba berdi.

Tasnim agentligi xabar berishicha, ob’ektlar AQShning Al-Azraq aviabazasida joylashgan.

"Operasiya davomida kuchli ballistik raketa zarbasi texnik xizmat ko‘rsatish, o‘qitish va joylashtirish angarlariga, shuningdek, AQSh havo kuchlarining F-35, F-16 va F-15 qiruvchi samolyotlari uchun boshpanalarga zarba berdi. Dushman jiddiy zarar ko‘rdi", deyiladi IIQK bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) beshta Eron neft tankeri yo‘q qilinganini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган.