Eron futbol federasiyasi skrinshot orqali AQSh ustidan kuldi

Eron futbol federasiyasi skrinshot orqali AQSh ustidan kuldi

Eron futbol federasiyasi AQSh terma jamoasining JCH-2026dan chiqib ketganiga munosabat bildirdi.

Amerikaliklar 1/8 finalda Belgiya tomonidan tor-mor etildi (1:4). Guruh bosqichidan so‘ng turnirni tark etgan Eron terma jamoasi esa avvalroq belgiyaliklar bilan durang o‘ynagan edi (0:0).

Federasiya saytida ushbu ikki o‘yin natijalari aks etgan skrinshot joylashtirildi va unga shunday izoh berildi: "Siyosatning futboldan uchragan sharmandali mag‘lubiyatidan so‘ng butun dunyo quvonmoqda".

Eslatib o‘tamiz, Eron turnirdan chiqib ketganidan so‘ng AQSh milliy xavfsizlik vaziri Markveyn Mallin shunday degan edi: "Eron JCH-2026dan chiqib ketganidan xursandman. Ularning vizalarini bekor qilganimizda baxtiyor edim. Quvonchimdan bir-ikkita qo‘shiq aytib, raqsga ham tushdim, shekilli".

Eron terma jamoasi turnir davomida cheklovlarga duch keldi. Jamoa Meksikada istiqomat qildi va AQShga faqat o‘yinlar uchun keldi, uchrashuvlar tugashi bilan eronliklar zudlik bilan yana ortga, o‘z bazasiga qaytarib yuborildi.

d1ddde4f448848445eb8ef94820ee.jpg


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi