Eron AQShning Bahrayn, Quvayt va Iordaniyadagi harbiy bazalariga raketa hujumlarini uyushtirdi

Eron AQShning Bahrayn, Quvayt va Iordaniyadagi harbiy bazalariga raketa hujumlarini uyushtirdi

Eron AQShning Islom Respublikasidagi yaqinda amalga oshirgan havo hujumlariga javoban Bahrayn, Quvayt va Iordaniyadagi AQSh harbiy inshootlariga raketa hujumlarini uyushtirdi.

Bahraynda AQSh harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirilganidan so‘ng havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi hujumni tasdiqladi va aholini yaqin atrofdagi boshpanalarda boshpana topishga chaqirdi.

Quvaytdagi AQSh harbiy bazasida ham portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan.

AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan foydalaniladigan Iordaniyadagi Muvaffaq Salti aviabazasiga ham Eron hujum qilgan. Eron raketalari muvaffaqiyatli ushlangani xabar qilingan, ammo baza atrofidagi hududda portlashlar eshitilgan.

Hodisaga javoban Iordaniya poytaxti Amman ayeroporti barcha reyslarni vaqtincha to‘xtatdi.

Keyinchalik Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK, Eron qurolli kuchlarining elit bo‘linmasi) shahzoda Hasan aviabazasidagi yoqilg‘i baklari va qurol omborlariga hujum qilinganini xabar qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.