«Erimdan familiyamni qaytarib olmoqchiman»

«Erimdan familiyamni qaytarib olmoqchiman»

— 2014 yil turmushga chiqqanman. 2 nafar farzandim bor. To‘ydan oldin «ZAGS»ga ariza topshirganimizda erim meni familiyamga o‘tgan, pasportini ham shunga mos o‘zgartirgan. Keyinroq uning Rossiyadan deportasiya qilingani, familiyasini o‘zgartirmasa qaytib chetga chiqolmasligidan xabar topdim. Qaynonamning muqim boshpanasi bo‘lmagani uchun erimni tog‘asinikida yashaganmiz. 2020 yildan beri onamkidaman. Shu kunlarda ajrashishga bermoqchiman. Sudda erimdan familiyamni qaytarib olsam bo‘ladimi?

Ismi sir tutildi.

Murojaatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi Zulfiya NURALIYEVA javob berdi:
— Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab qoladi.
Er va xotindan birining o‘z familiyasini o‘zgartirishi boshqasining ham familiyasi o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Nikohga kirish vaqtida o‘z familiyasini o‘zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli. Biroq, uning xohishiga binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qaror chiqarilayotganda sud tomonidan unga nikohgacha bo‘lgan familiyasi qaytarilishi mumkin. Agar mazkur masala sud tomonidan qaror chiqarish paytida hal qilinmagan bo‘lsa, familiyani o‘zgartirish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan nikohdan ajralishni qayd etish paytida hal etiladi.
Er-xotindan birining nikohgacha bo‘lgan familiyasini qaytarish to‘g‘risidagi istagi nikohdan ajralish haqidagi arizada ko‘rsatilishi lozim.
Sud hokimiyati chiqargan xujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va fuqarolar uchun majburiydir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!