Erdo‘g‘onning yangi kitobi nashrdan chiqdi

Erdo‘g‘onning yangi kitobi nashrdan chiqdi

Kitobda Erdo‘g‘on e’tiborni asosan global siyosiy muammolarga, jumladan, adolatsizlik, migrasiya inqirozi, xalqaro terrorizm va islamofobiya, kamsitishlar va ikki yoqlama standartlarga qaratgan.

Turkiya Prezidentining ta’kidlashicha, BMT Xavfsizlik kengashi tub o‘zgarishlarga muhtoj va islohotlar “dunyo endi beshlikdan ko‘p (BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari nazarda tutilyapti) tamoyiliga asoslanishi lozim". Erdo‘g‘anning aytishicha, "Turkiyaning maqsadi – “qudrat, kuchi borlarda emas, aksincha haq bo‘lganlar tomonda bo‘lishi lozim” tamoyilini o‘rnatish.

Global miqyosdagi adolatni o‘rnatish uchun javobgar bo‘lgan institutlar o‘z holicha ishlamoqda, deyiladi kitobda. Zamonaviy muammolarni o‘tmish talablariga muvofiq shakllantirilgan institutlar vositasida hal etish mumkin emas, bundan tashqari, ushbu institutlar yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda, deydi Turkiya yetakchisi.

"Bizning anglashimizcha, aynan adolat dunyoda tartibni, unga najot bo‘lishni va baxt-farovonligini ta’minlaydi. Yanada adolatli dunyoni shakllantirishga bo‘lgan ishonch va umidni ta’minlovchi global tartib zarur", –deb yozadi muallif.

Kitob ingliz, arab, fransuz, nemis, rus va ispan tillariga tarjima qilingan. Sotuvdan tushgan daromadning hammasi Turkiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!