Erdo‘g‘on: Turkiya hali ham Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga qo‘shilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin

Erdo‘g‘on: Turkiya hali ham Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga qo‘shilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin

Anqara, Stokgolm va Xelsinki o‘rtasida ikki Skandinaviya davlatining NATOga a’zo bo‘lish yo‘lidagi asosiy to‘siqni bartaraf etgan uch tomonlama bitim tuzilganidan ikki kun o‘tib, Turkiya prezidenti kelishuv tomonlari kelishuvga erishgan taqdirda ham davlatlar va’dalarini bajarmasalar bu jarayon to‘sib qo‘yilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Madriddagi NATO yetakchilarining ikki kunlik sammiti yopilishi oldidan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on imzolangan 10 sahifalik kelishuv Turkiyaning g‘alabasi ekanini aytdi.

U Turkiyaning Shvesiya va Finlyandiyaga taqiqlangan kurd guruhlari bilan aloqador terrorchilikda gumon qilingan shaxslarni yoki Anqara 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi bo‘lganlikda ayblayotgan turk voizi Fathulloh Gulen tarafdorlarini ekstradisiya qilish talabini qondirish muhimligini alohida ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!