Erdo‘g‘on turk armiyasini dunyodagi eng kuchli armiyaga aylantirish rejalarini ma’lum qildi

Erdo‘g‘on turk armiyasini dunyodagi eng kuchli armiyaga aylantirish rejalarini ma’lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat armiyasini dunyodagi eng kuchli armiyaga aylantirmaguncha mustahkamlashda davom etishini aytdi, deb xabar bermoqda Andalou agentligi.

“Biz armiya dunyodagi eng kuchli armiyaga aylanmaguncha uni kuchaytirish bo‘yicha qadamlarni davom ettiramiz”, dedi u juma kuni Istanbuldagi Milliy Mudofaa Universitetida so‘zlagan nutqida.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, turk armiyasining so‘nggi yillarda erishgan muvaffaqiyatlari, xususan, terrorizmga qarshi kurashda uni “dunyodagi eng kuchli armiyalar” qatoriga kiritish uchun allaqachon asos bo‘lmoqda.

“Terrorizmga qarshi kurash bu tahdid to‘liq bartaraf etilmaguncha davom etadi”, - dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!