Erdo‘g‘on Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimiga muqobil ishlab chiqishni buyurdi

Erdo‘g‘on Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimiga muqobil ishlab chiqishni buyurdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on vazirlarga Moskva bilan birgalikda Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimiga muqobil ishlab chiqishni topshirdi.

“Vazirlarga “Mir” to‘lov tizimiga muqobil variantlarni ishlab chiqish topshirildi. Rossiya tomoni bilan muzokaralar tegishli idoralar, xususan, vazirlarning o‘zlari tomonidan olib borildi”, — deyiladi RIA Novosti xabarida .

Qayd etilishicha, Turkiya rahbari yaqin vaqt ichida ushbu mavzu bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi rossiyalik sayyohlarga sayohatlarida kundalik xarajatlari uchun naqd pul olib yurishni tavsiya qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!