Erdo‘g‘on Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga va yadroviy bitimni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Erdo‘g‘on Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga va yadroviy bitimni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Erondan bir tomonlama sanksiyalarni olib tashlashga va yadroviy bitimni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda u islom mamlakatlari rahbarlarining 14-sammitida aytib o‘tdi, deb xabar berdi «Izvestiya».

«Eronga qarshi bir tomonlama sanksiyalarning tugashi mintaqadagi iqtisodiy farovonlik va barqarorlikni o‘rnatishga yordam beradi», — dedi Erdo‘g‘on.

Fevral boshida Eron rahbari va diniy rahnamosi Ali Xomanaiy Tehron Vashingtonga yon bosmasligini va Qo‘shma harakat rejasiga birinchi bo‘lib qaytmasligini aytgan edi. Shu kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Erondan yadro shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa, sanksiyalarni bekor qilish niyati yo‘qligini aytgan edi.

25 yanvar kuni Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya AQShning yangi prezidenti ma’muriyati va Eron shu paytgacha Vashingtonning yadroviy kelishuvga qaytishi uchun o‘zaro shartlarni ilgari surayotganini aytdi.

Eron va bir guruh davlatlar — AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya o‘rtasida kelishuv 2015 yilda Tehron yadroviy rivojlanishidagi inqirozni bartaraf etish maqsadida imzolangan edi. Yadro dasturini ishlab chiqishdan voz kechishi evaziga Erondan sanksiyalar bekor qilingandi.

2018 yil Vashington Qo‘shma harakat rejasidan chiqib ketdi, shundan so‘ng hukumat sanksiyalarni yangilash orqali Eronga maksimal bosim o‘tkazishni boshladi.

Bunga javoban Eron 2019 yilda yadroviy tadqiqotlarni cheklashdan voz kechib, bitim bo‘yicha majburiyatlarini bosqichma-bosqich qisqartirilishini e’lon qildi. 2020 yil noyabr oyida AQSh to‘rt kishini va oltita tashkilotni Tehron sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shib, sanksiyalar ro‘yxatini bir necha marta kengaytirdi.

Avvalroq Eron yadro bitimi bo‘yicha AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!