Erdo‘g‘an Zelenskiyga Putin bilan uchrashuv tashkil qilishni taklif qiladi

Erdo‘g‘an Zelenskiyga Putin bilan uchrashuv tashkil qilishni taklif qiladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Lvovga tashrifi doirasida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkil etishda yordam taklif qiladi, deb xabar bermoqda A Haber telekanali diplomatik manbalarga tayanib.

“Erdo‘g‘an Zelenskiyga Putin bilan uchrashuvini tashkil qilishni taklif qilishi kutilmoqda”, — deyiladi RIA Novosti xabarida.

Avvalroq Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashish uchun Lvovga uchgani ma’lum qilingandi.

17 avgust kuni BMT Bosh kotibi Guterrish Ukrainaga keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!