Erdo‘g‘an yaqin orada Turkiyaning Isroilga elchisi tayinlanishini e’lon qildi

Erdo‘g‘an yaqin orada Turkiyaning Isroilga elchisi tayinlanishini e’lon qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil Bosh vaziri Yair Lapid bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya yetakchisi ma’muriyati Twitter'da ma’lum qildi.

“Prezident Erdo‘g‘an elchilarni o‘zaro tayinlash bo‘yicha bugun qabul qilingan qarorga ishora qilib, yaqin vaqt ichida yangi elchi tayinlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini aytdi”, — deyiladi TASS xabarida.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiya elchi tayinlash va Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qilganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!