Erdog‘an: "Millati, madaniyati, rangidan qat’i nazar, barcha musulmonlar birodarlardir"

Erdog‘an: "Millati, madaniyati, rangidan qat’i nazar, barcha musulmonlar birodarlardir"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Chikagoda bo‘lib o‘tayotgan Amerika musulmonlar jamiyati va Shimoliy Amerika Islom hamjamiyatining 20-yillik qo‘shma kongressi ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.

Turkiya rahbari bir qator mamlakatlarda koronavirus pandemiyasi fonida ksenofobiya, islomofobiya va radikalizm sabab bo‘lgan jinoyatlarning xavfli o‘sish tendensiyasi kuzatilayotganini ta’kidladi. Bunday vaziyatda musulmonlarning birligi va bir-birini qo‘llab-quvvatlashi ayniqsa ahamiyatlidir.

Turkiya davlati rahbari musulmonlarni umidsizlikka tushmaslikka, muammolarga qat’iy qarshi turishga chaqirdi. “Ummat (jamoa)da etnik va madaniy jihatdan bo‘linishga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim. Millati, madaniyati, uslubi va teri rangidan qat’i nazar, barcha musulmonlar birodarlardir!" - dedi Erdog‘an.

Turkiya prezidenti Islomda janjal va terrorchilik uchun joy yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emasligini ta’kidladi. “Zamonamizning kuchayib borayotgan muammolari fonida musulmonlar begona bo‘lib qolmasligi, balki o‘z kuchiga ishongan holda jamiyatda munosib o‘rin egallashga intilishi kerak”, - dedi u.

Bundan tashqari, Erdog‘an pandemiya davrida ishini yo‘qotgan odamlarga yordam berish muhimligini qayd etdi.

Nizomjon Islomov tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!