Erdo‘g‘an: “Makronning aqliy jihatdan davolanishga ehtiyoji bor..."

Erdo‘g‘an: “Makronning aqliy jihatdan davolanishga ehtiyoji bor..."

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an oxirgi vaqtlarda Yevropada Islom va musulmonlarga qarshi bo‘layotgan provokasiyalarni tanqid qildi. Jumladan, u Fransiyada Muhammad alayhissalomni mazaxlab karikaturalar chizilayotganini, Berlindagi masjidga polisiyachilar poyabzali bilan bostirib kirganini eslab o‘tdi. 

Erdo‘g‘an, ayniqsa, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni qattiq tanqid ostiga oldi. “Bu Makron degan zotning musulmonlar bilan muammosi nima o‘zi? Makronning aqliy jihatdan davolanishga ehtiyoji bor. E’tiqod erkinligini tushunmaydigan yoki o‘z yurtidagi boshqacha e’tiqodda bo‘lgan millionlab insonga bunday muomala qilgan prezident haqida yana nima deyish mumkin?!” – dedi Turkiya prezidenti. 

Shuningdek, u Fransiyani Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar uchun aybladi: “Ozarbayjondagi hozirgi falokatlarning orqasida shular bor. Minsk guruhi hamraislaridan bittasi sensan, bugungacha nima qilding? Faqat armanlarga qurol jo‘natyapsizlar, shu bilan tinchlik o‘rnatamiz deb o‘ylayapsizlarmi? O‘rnatolmaysizlar. Chunki rostgo‘y emassizlar!”

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘ mojarosini hal qilish uchun tuzilgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Minsk guruhi hamraislaridan biri aynan Fransiya hisoblanadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!