Erdo‘g‘an Lvovga tashrifi bilan Anqaraning Ukrainadagi ta’sirini oshirish niyatida

Erdo‘g‘an Lvovga tashrifi bilan Anqaraning Ukrainadagi ta’sirini oshirish niyatida

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Lvovga tashrifi bilan Anqaraning Ukrainadagi pozisiyasini mustahkamlashni maqsad qilgan.

“U o‘zini dunyo yetakchilari bilan gaplasha oladigan mintaqaviy davlat arbobi sifatida ko‘rsatadi”, - deydi kiyevlik ekspert Mixail Botsyurkiv.

Kuzatuvchiga ko‘ra, Turkiya rahbari o‘ziga xos geografik, diplomatik va strategik mavqega ega.

“Erdo‘g‘an, menimcha, hatto BMT Bosh kotibi ham o‘ynay olmaydigan rol o‘ynamoqda”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Erdo‘g‘an Lvovga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashish uchun kelgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!