Erdog‘an zilziladan keyin ilk bor murojaat bilan chiqdi

Erdog‘an zilziladan keyin ilk bor murojaat bilan chiqdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an zilziladan keyin ilk bor murojaat bilan chiqdi.

U zilzila vayron qilgan 10 ta viloyatda 3 oy muddatga favqulodda holat joriy qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ofat jami 13 mln aholiga ega viloyatlarga ta’sir ko‘rsatgan.

Zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun joylarda 53 ming kishi safarbar qilingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 3 549 kishi halok bo‘lgan, 22 168 kishi jarohatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!