Er va xotinning plastik kartasini o‘g‘irlab, pullarini yechib olgan shaxs ushlandi

Er va xotinning plastik kartasini o‘g‘irlab, pullarini yechib olgan shaxs ushlandi

Furqat tumanida M.S IIBga murojaat qilib, unda 18 sentyabr kuni noma’lum shaxs nomiga tegishli bank tomonidan berilgan va turmush o‘rtog‘i nomiga berilgan plastik kartalaridan jami 4.100.000 so‘m miqdordagi pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni E.I sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!