Er usti metrosida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

Er usti metrosida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

“Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan yer usti metrosidametro vagonida ro‘y bergan holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 iyun kuni soat 20:05lar atrofida yerusti halqa yo‘li yo‘nalishining 6 va 7-bekatlari oralig‘ida joylashgan yo‘l chetidagi to‘sin tunukasining bir qismi kuchli shamol sababli o‘z o‘rnidan ko‘chishi natijasida harakatlanib kelayotgan tarkibining tok qabul qilish moslamasiga tekkan. Natijada esa qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

Shundan so‘ng, mashinist harakat tarkibini to‘xtatib, harakatlanishga xavf soladigan holatlar yo‘qligini tekshirib, o‘z harakatini davom ettirgan.

Mas’ul xodimlar holat yuzasidan joyiga borib o‘rganish ishlarini olib borishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!