Er tarixidagi eng dahshatli falokat tafsilotlari

Er tarixidagi eng dahshatli falokat tafsilotlari

Germaniyadagi Okean tadqiqotlari markazi va Gelgols nomidagi Geologiya fanlarini o‘rganish markazi olimlari ilk marta Yerda 252 million yil oldin sodir bo‘lgan global falokat tafsilotlarini tasvirlab berishdi. Bu haqda RIA Novosti EurekaAlert’ga asosan xabar qildi.

Erdagi falokat natijasida dengiz hayvonlarining 95 foizi va quruqlikdagi hayvonlarning 75 foizi qirilib ketgan edi. Bunga hozirgi Sibir hududida Perm va Trias davrlari chegarasida vulqon faol harakati sabab bo‘lgan deb taxmin qilinadi, ammo bunga aniq dalillar yo‘q edi.

Tadqiqotda nemis olimlari 252 million yil oldin Tetis okeanining shelf dengizlari tubidagi qazilma braxiopodlarning qobig‘idan foydalandilar. Qobiqdagi bor elementining izotoplarini o‘lchash orqali ular turlarning ommaviy qirilib ketishidan oldin va keyin dengiz suvining pH ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. pH darajasiga atmosferadagi karbonat angidrid miqdori ta’sir qilganligi sababli, ushbu ma’lumotni ham qayta tiklandi.

Ma’lum bo‘lishicha, magmaning ko‘lamdor oqimi juda ko‘p miqdorda parnik gazini chiqardi. Uning atmosferada to‘planishi bir necha ming yillarga cho‘zilib, okeanning kuchli isishi va kislotaliligini keltirib chiqardi. Bu dengiz kalsifikasiya qiluvchi organizmlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keldi.

Parnik effekti quruqlikdagi harorat va kimyoviy ob-havoning oshishiga olib keldi. Ko‘p miqdordagi ozuqa moddalari okeanga tushdi, ularni ortiqcha urug‘lantirdi va kislorodsiz o‘lik zonalar hududi kengaydi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta omillarning ta’siri hayvonlarning turli guruhlarini yo‘q qildi.

Gidrat metanning erishi - falokatning yana bir sababi sifatida ehtimoldan yiroq edi.

Tadqiqot guruhi rahbari Xana Yurikova tushuntirishicha, qadimgi vulqon otilishini antropogen uglerod chiqishi bilan taqqoslash kerak emas: barcha qazib olinadigan yoqilg‘ilar yoqilishi atmosferada CO2ning Perm va Trias davrlari chegarasida bo‘lgani kabi ko‘payishiga olib kelmaydi.

"Shu bilan birga, hozirgi kunda parnik gazining to‘planish sur’ati Yer tarixidagi eng katta biologik falokat paytida kuzatilgan ko‘rsatkichdan 14 baravar yuqori ekanligi xavotirga sabab bo‘lmoqda", - deb qo‘shimcha qildi olim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!