Er maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Er maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.A. boshqa bir fuqaro A.dan “A.B.” fermer xo‘jaligiga tegishli 3 gektar yer maydoniga tanishlari orqali tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 7 000 AQSh dollari va 32,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.E. “YA.T.” fermer xo‘jaligiga tegishli 1,6 gektar yer maydoniga qalbaki hujjatlar asosida egalik qilib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!